“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi “Suv xo‘jaligi sohasida Germaniya tajribasi” Mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 28 fevral kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tomonidan Gidromelioratsiya fakul’teti dekan farmoyishiga binoan TTJ-4 da “Suv xo‘jaligi sohasida Germaniya tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir ma’sullari prof I.A.Begmatov, ass E.Malikov. Tadbir mavzusining asosiy maqsadini yoritib berish uchun dastlab prof I.A.Begmatov o‘z maruzasi bilan talabalar diqqatini jalb qilib oldi. prof I.A.Begmatov Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Xoxenxaym Universitetning umumiy faoliyati, yutuqlari, bugungi kun talab darajasiga ega bo‘lgan boy tajribalari bilan talabalarga tushuntirib berdi. Tadbir juda savol-javoblarga boy qiziqarli darajada o‘tkazildi.

Universitrt matbuot xizmati